Turkiyaning "Trabzonspor" klubi rahbariyati huquqlari "Manchester Yunayted"ga tegishli bo‘lgan darvozabon Andre Onanani to‘liq transfer qilishdan manfaatdor.
Turkiye nashri ma’lumotiga ko‘ra, klub 30 yoshli kamerunlik futbolchini "qizil iblislar"dan sotib olishga qaror qilgan. Ayni paytda afrikalik darvozabon "Trabzonspor" sharafini ijara asosida himoya qilmoqda. "Manchester Yunayted" esa Onana sotuvidan taxminan 10 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Turkiya klubi darvozabonga 5 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor.
Joriy mavsumda Onana "Trabzonspor" safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol o‘tkazib yubordi.













