Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Kurtua "Real"ga qarshi hakamlar fitnasi haqida fikr bildirdi

Kurtua "Real"ga qarshi hakamlar fitnasi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoa o‘yinlaridagi hakamlik borasida o‘z fikrini bildirdi.

"Qaymoqranglilar" hakamlar ishidan tez-tez norozi bo‘lib keladi. "Atletiko"ga qarshi so‘nggi derbida ham navbatdagi mojaroli holat yuz berdi: hakam Din Xyoysenni maydondan chetlatdi, ammo "Qirollik klubi" vakillarining fikricha, "Atletiko"ning bir nechta futbolchisiga nisbatan jazo qo‘llamadi. Uchrashuv "Real"ning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

"Bizga qarshi hakamlar fitnasi bor deb o‘ylamayman. Ammo hakamlar ishida men tushunmaydigan ayrim holatlar bor", — deya belgiyalik darvozabonning so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.

10 oktyabr kuni Joze Mourinyu shogirdlari o‘z maydonida "Vilyarreal"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 10:24, 01.10.2026.
O'qildi: 554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик