Angliyada 1995 yilda «Blekbern» tarkibida mamlakat chempioni bo‘lgan himoyachi Ayan Pirsning o‘g‘li Raff Pirsning muvaffaqiyatlari tobora ko‘proq muhokama qilinmoqda.
Ayan Pirs faoliyatining qolgan qismini asosan «Vest Xem Yunayted» va «Fulxem»da o‘tkazgan. Futbolchilik faoliyatini esa «Sautgempton», «Linkoln Siti» va «Kingstonian» klublarida yakunlagan. U professional futboldan ketgach, bosh murabbiy yordamchisi sifatida faqat «Linkoln Siti»da ishlagan. Ayni paytda esa «Vest Bromvich»da sport direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Uning o‘g‘li Raff esa havaskorlar ligasida ishtirok etuvchi kichik klubni boshqarmoqda. Jamoa uning qo‘l ostida ketma-ket sakkizta uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti. Qizig‘i, o‘tgan mavsum yakunida klub boshqaruvini qo‘lga olganidan keyingi birinchi uchrashuvidayoq Raff jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozongan.













