Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Flik Gvardiolni "Barselona" uchun ideal variant deb bilgan

Flik Gvardiolni "Barselona" uchun ideal variant deb bilgan

Baho:
+ | -

"Barselona" yozgi transfer oynasida "Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiolni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan.

Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flik xorvatiyalik futbolchini himoyani kuchaytirish uchun ideal nomzod deb hisoblagan. Bunga Gvardiolning markaziy himoyada ham, qanotda ham harakat qila olishi sabab bo‘lgan.

Biroq "Manchester Siti" 24 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishni istamagan. Gvardiolning o‘zi ham Angliya klubida qolish tarafdori bo‘lgani bois transfer amalga oshmagan.

Shundan so‘ng "Barselona" himoya chizig‘i uchun boshqa nomzodlarga, jumladan "Inter" futbolchisi Alessandro Bastoniga e’tibor qarata boshlagan.

Yakunda esa Gvardiol "Manchester Siti" bilan shartnomasini 2031 yilga qadar uzaytirgan.

Kiritildi: 10:35, 01.10.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик