Angliya Premyer-ligasining ikki klubi «Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherkini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, agar moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ish yuzasidan jiddiy jazo qo‘llanilishi natijasida «Manchester Siti» Sherkini sotishga majbur bo‘lsa, vaziyatdan «Liverpul» va «Arsenal» foydalanishga tayyor. Shu bilan birga, iste’dodli fransuz futbolchisiga qiziqish bildirayotgan klublar faqat shu ikki jamoa bilan cheklanmasligi ta’kidlangan.
«Manchester Siti» 23 yoshli Sherkini 2025 yil yozida «Lion»dan 36,5 million yevroga sotib olgan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida sakkizta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.













