Huquqlari «Tixuana» klubiga tegishli bo‘lgan meksikalik vinger Xilberto Mora Yevropa klublari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, 17 yoshli futbolchi Madridning «Real», «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Ayaks», «Bavariya», «PSJ» va Dortmundning «Borussiya» klublari e’tiborini tortgan.
Hujumkor yarim himoyachining «Tixuana» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.
Mora joriy Meksika chempionatida yettita uchrashuv o‘tkazib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













