Londonning «Tottenxem» klubi va Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Yan-Paul van Xekke oyoq panjasidan jarohat olib, safdan chiqdi. Bu haqda milliy jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi jarohatidan tiklanish uchun «Tottenxem» qarorgohiga qaytib ketadi. Shu tariqa, u UYEFA Millatlar ligasi doirasida Gresiya terma jamoasiga qarshi bo‘lajak uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Gresiya va Niderlandiya o‘rtasidagi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvi 1 oktyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs soat 23:45 da boshlanadi.













