Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Argentina futbolchilari Messi bilan so‘nggi lahzalarni birga o‘tkazmoqchi

Argentina futbolchilari Messi bilan so‘nggi lahzalarni birga o‘tkazmoqchi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister Lionel Messining jamoa qarorgohiga kelishi oldidan futbolchilar orasida katta intiqlik hukm surayotganini aytib, sardorni xayrlashuv o‘yini oldidan qanday kutib olishni rejalashtirayotganlarini ma’lum qildi.

Kordobada Boliviya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin «Liverpul» yarim himoyachisi butun jamoa Messi bilan terma jamoadagi so‘nggi lahzalarni yaqin va samimiy muhitda o‘tkazishni xohlayotganini ta’kidladi.

«Uni ko‘rishni intiqlik bilan kutyapmiz. Umid qilamanki, kichik barbekyu ham qilamiz va tarixdagi eng yaxshi futbolchi bilan birga o‘tkazadigan so‘nggi lahzalarimizdan zavqlanamiz», — dedi Makallister TyC Sports telekanaliga.

Shu tariqa, yarim himoyachi sardorning jamoaga kelishi oldidangi muhit haqida gapirdi. Argentina kelasi seshanba kuni Beninga qarshi tarixiy uchrashuv o‘tkazadi va ushbu bahs Messining milliy jamoadagi afsonaviy faoliyatiga yakuniy nuqta qo‘yishi kutilmoqda.

Kiritildi: 13:18, 01.10.2026.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик