«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda g‘olib chiqish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
Keynning aytishicha, bu yil taqdirlash marosimining Londonda o‘tkazilishi uning uchun alohida ahamiyatga ega.
«Angliyalik futbolchilar 20 yildan ortiq vaqtdan buyon «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritmagan, holbuki, bu davrda juda ko‘p ajoyib ingliz futbolchilari bo‘ldi. Men uchun «Oltin to‘p»ni yutish ulkan yutuq bo‘lardi. Ammo hozir asosiy e’tiborimni bu mavsumda yana yuqori saviyada o‘ynab, o‘zimni ko‘rsatishga qaratganman», — dedi Keyn «Bavariya» klub jurnaliga bergan intervyusida.
O‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mukofot uchun asosiy da’vogarlar sifatida Xarri Keyn va Lamin Yamal ko‘rsatilmoqda.













