Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Morgan: «Jezushning gapi — yolg‘on»

Morgan: «Jezushning gapi — yolg‘on»

Baho:
+ | -1

Britaniyalik teleboshlovchi va Krishtianu Ronalduning do‘sti Pirs Morgan Portugaliya terma jamoasida futbolchi atrofida yuzaga kelgan mojaro haqidagi so‘nggi xabarlarga munosabat bildirdi.

«An-Nasr»ning 41 yoshli futbolchisi kecha, Kopengagenda Daniyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi arafasida bosh murabbiy Jorje Jezush bilan kelishmovchilikdan so‘ng milliy jamoa qarorgohini tark etgan edi. Ronalduga diskvalifikasiya va pul jarimasi tahdid qilayotgani, shuningdek, u terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar tarqalgan.

Pirs Morgan X ijtimoiy tarmog‘ida Jezushning Ronaldu bilan janjal bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etgan so‘zlarini repost qilib, «Faktcheking: yolg‘on», deb yozdi.

U, shuningdek, The Times nashridagi materialga ham munosabat bildirdi. Unda «Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi qarorgohini bosh murabbiy Jorje Jezush bilan kelishmovchiliklarni hal qilish uchun o‘tkazilgan shoshilinch muzokaralardan keyin tark etdi va unga jamoa ehtiyojlari shaxsiy manfaatlaridan ustun ekani aytildi», deya qayd etilgan edi.

«Uning ketishiga bu sabab bo‘lmagan. Ronalduning o‘zi bu haqda gapirganda, hammasi aniq bo‘ladi», — deb yozdi Morgan.

Kiritildi: 14:00, 01.10.2026.
O'qildi: 1639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик