Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Rednapp — «Manchester Siti» haqida: «APL uchun bu og‘ir zarba»

Rednapp — «Manchester Siti» haqida: «APL uchun bu og‘ir zarba»

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Jeymi Rednapp «Manchester Siti» bilan bog‘liq yangiliklarga munosabat bildirdi. «Shaharliklar» ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklar uchun jiddiy jazolanishi mumkin.

«Bu APL uchun og‘ir zarba, bu yerda g‘oliblar bo‘lmaydi. «Manchester Siti» va liganing o‘zi imijiga jiddiy zarar yetdi. Bu muxlislarga ham ta’sir qiladi. Bularning oqibatlari juda jiddiy bo‘ladi. Apellyasiya qanday yakunlanishi qiziq», — deya ekspertning so‘zlarini Sky Sports keltirmoqda.

Angliya Premyer-ligasida beshta turdan so‘ng «Manchester Siti» 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Shaharliklar» Londonning «Arsenal» klubidan uch ochko oldinda.

«Manchester Siti» chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini 11 oktyabr kuni safarda «Liverpul»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:05, 01.10.2026.
O'qildi: 596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик