Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

FIDE reytingi yangilandi. Abdusattorov va Sindorov kuchli beshlikda, Yoqubboyev 13 pog‘ona ko‘tarildi

FIDE reytingi yangilandi. Abdusattorov va Sindorov kuchli beshlikda, Yoqubboyev 13 pog‘ona ko‘tarildi

Baho:
+ | -

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE ) 2026-yilning sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra dunyoning eng kuchli shaxmatchilari reytingini e’lon qildi.

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) 46-butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘z yakuniga yetganidan so‘ng, 2026-yilning sentyabr oyi bo‘yicha dunyoning eng kuchli shaxmatchilari reytingini e’lon qildi. Yangilangan ro‘yxatda O‘zbekiston vakillarining o‘tgan oydagi o‘rinlari va ochkolarida qator o‘zgarishlar qayd etilgan.

Ro‘yxatda norvegiyalik Magnus Karlsen 2823 ochko bilan birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Ikkinchi o‘ringa 2792 ochko bilan AQSH vakili Hikaru Nakamura joylashdi. Uning hamyurti Fabiano Karuana 2784 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda.

Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Javohir Sindorov o‘z ochkolarini 2778 dan 2782 taga yetkazib, jahon reytingidagi 4-o‘rnini saqlab qoldi. Nodirbek Abdusattorov esa musobaqada ko‘rsatgan yuqori darajadagi o‘yinlari sababli 17,5 ochko ishlab oldi va o‘tgan oydagi 7-o‘rindan 5-pog‘onaga ko‘tarildi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasining olimpiada g‘olibiga aylanishiga munosib hissa qo‘shgan Nodirbek Yoqubboyev o‘z ko‘rsatkichini 26,7 ochkoga yaxshiladi va 2712 ochko bilan 26-o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. U avgust oyi yakunlariga ko‘ra 39-pog‘onada qayd etilgan edi.

Kiritildi: 15:12, 01.10.2026.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик