Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Touni Londondagi janjal bo‘yicha aybini tan olmadi

Touni Londondagi janjal bo‘yicha aybini tan olmadi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi hujumchisi Ayven Touni London markazidagi tungi ko‘ngilochar maskanda bir erkakka hujum qilganlik bo‘yicha o‘z aybini tan olmadi.

«Al-Ahli» futbolchisiga tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq hujum sodir etganlik ayblovi qo‘yilgan. Ish 6 dekabr kuni Londonning Soxo tumanidagi Uordor-strit ko‘chasida joylashgan maskanlardan birida yuz bergan hodisa bilan bog‘liq.

Avvalroq Touni bardagi tashrif buyuruvchilardan biri bilan kelib chiqqan mojarodan so‘ng qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Vestminster magistratlar sudida 30 yoshli futbolchi shaxsiy ma’lumotlarini tasdiqladi va Saber da Silvaga tan jarohati yetkazishga sabab bo‘lgan hujum bo‘yicha o‘zini aybsiz deb hisoblashini bildirdi.

Okrug sudyasi Brayoni Klark ish magistratlar sudida ham ko‘rib chiqilishi mumkinligini ta’kidladi. Biroq Touni ishning sudya va hakamlar ishtirokida Qirollik sudida ko‘rib chiqilishini talab qildi.

Ayven Touni 29 oktyabrga belgilangan Sautuark Qirollik sudidagi eshituvga qadar garov evaziga ozod qilindi.

Kiritildi: 16:12, 01.10.2026.
O'qildi: 696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик