Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Kin Ronalduga terma jamoani unutib, 1000 gollik marraga e’tibor qaratishni maslahat berdi

Kin Ronalduga terma jamoani unutib, 1000 gollik marraga e’tibor qaratishni maslahat berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sobiq sardori Roy Kin Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasini tark etishi bilan bog‘liq mojaro haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, Ronaldu terma jamoani unutib, 1000 ta gollik marraga erishishga e’tibor qaratishi kerak. U Portugaliya uchun hamma narsani qildi, ammo ular hali ham unga nisbatan hurmatsizlik qilmoqda. Hozir ularning sovrinlar xonasida turgan barcha kuboklarni Ronaldusiz tasavvur qilib bo‘lmasdi. Ular uning nomiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kerak», — deya Kinning so‘zlarini FullTime Report keltirdi.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining so‘nggi o‘yinida 90 daqiqa davomida zaxira o‘rindig‘ida qoldi. Rasmiy uchrashuvda bu holat u bilan so‘nggi marta 2008 yil yozida sodir bo‘lgan edi.

Ronaldu bilan birga Portugaliya terma jamoasi 2016 yilgi Yevropa chempionati hamda 2019 va 2025 yillarda Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 16:52, 01.10.2026.
O'qildi: 1530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик