«Milan» himoyachisi Straxinya Pavlovichning holati bo‘yicha xavotirlar bartaraf etildi. U Germaniyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Pavlovich Serbiyaning Niderlandiyaga qarshi uchrashuvida 71-daqiqada maydonni tark etgan edi. Tekshiruvlar futbolchida jarohat yoki mushak shikastlanishi yo‘qligini ko‘rsatdi. Unda faqat zarba va yuqori yuklama sababli mushak charchog‘i kuzatilgan. Shu bois himoyachi Germaniyaga qarshi bahsda zaxirada qoldirilishi kutilmoqda.
Pavlovich joriy mavsumda «Milan»ning barcha uchrashuvlarida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Shuning uchun Serbiya terma jamoasi uni dam oldirishga qaror qilishi mumkin. Germaniya va Serbiya bahsi bugun tunda start oladi.













