Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Uels murabbiyi: «Manchester Siti»ga oid qaror Xolandga ta’sir qilmaydi»

Uels murabbiyi: «Manchester Siti»ga oid qaror Xolandga ta’sir qilmaydi»

Baho:
+ | -

Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kreyg Bellami «Manchester Siti»ga nisbatan chiqarilgan aybdorlik qarori Erling Xolandning ularga qarshi o‘yin oldidan e’tiborini chalg‘itishiga ishonmaydi. U norvegiyalik hujumchining terma jamoadagi gol urish sur’atini bunga misol qilib keltirdi.

«Menimcha, uning e’tibori chalg‘imaydi. Bu yigit — mashina... U faqat gol urishni istaydi va bu to‘xtamaydi», — dedi Bellami Holandning ta’sirini regbi afsonasi Jona Lomu bilan taqqoslar ekan.

«Manchester Siti» bo‘yicha qaror e’lon qilinganidan atigi ikki kun o‘tib, Xoland Norvegiyaning Portugaliyaga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatida milliy terma jamoa safidagi 57-o‘yinida 65-golini urdi.

Norvegiya bosh murabbiyi Stole Solbakken ham shunga o‘xshash fikr bildirib, Xolandni «ajoyib formada» deb ta’rifladi. Uning jamoadoshi Kristoffer Ayer esa hujumchining ruhiy holatida «hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganini» ta’kidladi.

Solbakken ham, Ayer ham «Manchester Siti» bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha jamoa ichida qanday muhokamalar bo‘lgani haqida batafsil gapirishdan bosh tortdi.

Kiritildi: 17:19, 01.10.2026.
O'qildi: 581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик