Gana futbol assosiasiyasi va milliy terma jamoa bosh murabbiyi Karlush Keyrush o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Tomonlar o‘zaro muhokamalardan so‘ng shunday qarorga kelgan. Ta’kidlanishicha, bu qaror Gana, milliy terma jamoa va mamlakat futboli manfaatlariga mos keladi.
Gana futbol assosiasiyasi Keyrushga bajargan ishlari, professionalligi hamda jamoa va yosh futbolchilar rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Portugaliyalik mutaxassis Gana terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatida boshqardi, shuningdek, jamoa bilan Afrika millatlar kubogi saralash bosqichini boshladi.
Biroq Gana Kot-d’Ivuarga 0:2 va Gambiyaga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Natijada jamoa o‘z guruhida so‘nggi o‘ringa tushib qoldi.













