Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Atletiko» Oblakning ehtimoliy vorisini Argentinadan topdi

«Atletiko» Oblakning ehtimoliy vorisini Argentinadan topdi

Baho:
+ | -

TyC Sports nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Atletiko Madrid» «River Pleyt»ning iqtidorli darvozaboni Santyago Beltranni Yan Oblakning ehtimoliy vorisi sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Sloveniyalik afsonaviy darvozabon uchun bu mavsum «Atletiko»da so‘nggisi bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida madridliklar kelasi yozda Beltranni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

21 yoshli darvozabon iyun oyida Argentina terma jamoasida debyut qilgan va ayni paytda ham navbatdagi xalqaro tanaffus uchun milliy jamoa qaydnomasidan joy olgan.

«River Pleyt» Beltranni tekin yoki juda arzon narxda yo‘qotib qo‘ymaslik uchun dekabr oyi oxirida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishga harakat qilmoqda.

Argentinalik iqtidor joriy yilda akademiyaning deyarli noma’lum tarbiyalanuvchisidan mamlakatning eng istiqbolli futbolchilaridan biriga aylandi va «River Pleyt»ning asosiy darvozaboni maqomini qo‘lga kiritdi.

Beltran jamoa safida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 15 tasida darvozasidan gol o‘tkazmagan. Uning darvozasiga jami 34 ta gol urilgan.

Shuningdek, u Argentina terma jamoasida Emiliano Martinesning uzoq muddatli vorisi sifatida ham ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 18:16, 01.10.2026.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик