«Yuventus»ning sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizio Turin klubining 17 yoshli iste’dodli futbolchisi Destini Elimogale haqida gapirdi. Markizio uning agenti hisoblanadi.
"Uning asosiy jamoada debyut qilishini umid qilamiz. U yaxshi yigit, salohiyati yuqori. Uning yoshidagi o‘zim bilan solishtirsam, u mendan ancha ilgarilab ketgan. Ko‘plab xorij klublari unga qiziqish bildirmoqda, ammo uning orzusi — “Yuventus”, — dedi Markizio.













