Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Gresiyada ikki klub kelishilgan o‘yin uchun jazolandi

Gresiyada ikki klub kelishilgan o‘yin uchun jazolandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Gresiyaning "Volos" klubi kelishilgan o‘yinda ishtirok etgani uchun jarimaga tortildi va uch ochkodan mahrum qilindi. Bu haqda sport24.gr xabar berdi.

Ish ikki yil avval bo‘lib o‘tgan "Volos" va "Panserraikos" o‘rtasidagi uchrashuv bilan bog‘liq. Voqea jamoaning sobiq himoyachisi Daniel Sundgrenning ommaviy bayonotlaridan keyin keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan.

Shvesiyalik futbolchi ayrim o‘yinlar oldidan kiyinish xonasida sodir bo‘lgan voqealar haqida gapirib, futbolchilarga muayyan sport natijasiga erishish maqsadida ko‘rsatmalar berilganini da’vo qilgan.

"Volos" prezidenti Axilleas Beos qarorga keskin munosabat bildirib, uni "ochiqdan-ochiq adolatsiz" deb atadi va jazo hech qanday dalillarga asoslanmaganini ta’kidladi. U, shuningdek, keyingi sud bosqichlarida "Volos" oqlanishiga ishonch bildirdi.

"Panserraikos" ham jazoga tortildi va klubdan to‘rt ochko olib tashlandi.

Kiritildi: 21:24, 01.10.2026.
O'qildi: 640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик