"Napoli" prezidenti Aurelio de Laurentis yosh muxlislarning e’tiborini saqlab qolish uchun taymlar orasidagi 15 daqiqalik tanaffusni qisqartirish yoki butunlay bekor qilishni taklif qildi.
"Biz jasoratli bo‘lib, futbol mahsulotini har tomonlama qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. Bu o‘yinning tuzilishi va davomiyligidan boshlanadi. Qoidalar 100 yildan beri mavjud ekani uchungina daxlsiz bo‘lib qolmasligi kerak.
Masalan, taymlar orasidagi tanaffusni olaylik. Nega u 15 daqiqa davom etadi? Nega uni qisqartirish yoki umuman bekor qilish mumkin emas? Stadiondagi muxlislar ehtimol kutib turar, ammo uydagi bola kutadimi? Yo‘q. U telefonini oladi, PlayStation o‘ynay boshlaydi yoki boshqa narsa topadi. Ikkinchi taym boshlanguniga qadar esa biz uning e’tiborini yo‘qotib bo‘lamiz", — dedi de Laurentis Rimdagi TEHA Club sammitida.
Shuningdek, u futbolga faqat sport musobaqasi sifatida emas, balki ko‘ngilochar mahsulot sifatida ham qarash kerakligini ta’kidladi.













