Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Zidan 2006 yilgi finalda Materassiga bosh bilan zarba berganini esladi

Zidan 2006 yilgi finalda Materassiga bosh bilan zarba berganini esladi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Italiya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Marko Materassiga bosh bilan zarba bergan mashhur voqeani esladi. Fransuz mutaxassis bu haqda Millatlar ligasidagi Fransiya — Italiya uchrashuvi oldidan gapirdi.

"2006 yil? Bu kadrlar doimo o‘sha voqeani eslatadi, chunki bu lahza hamma joyda ko‘rsatiladi. Men 2006 yilda qilgan ishimdan faxrlanmayman. Bu ham bosib o‘tilgan yo‘lning bir qismi. Barchamiz xato qilamiz", — deya Zidanning so‘zlarini RMC Sport keltirdi.

2006 yilgi jahon chempionati finalida Italiya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 110-daqiqasida fransuzlar sardori Zidan Materassining ko‘ksiga bosh bilan zarba bergan va shundan so‘ng maydondan chetlatilgan edi.

Fransiya va Italiya terma jamoalari Millatlar ligasi guruh bosqichi 3-turida 2 oktyabr kuni o‘zaro uchrashadi. Bahs Parijda bo‘lib o‘tadi va 23:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 23:05, 01.10.2026.
O'qildi: 1181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик