"Bavariya" hujumkor yarim himoyachisi Maykl Olise Bundesligada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmati rasmiy sayt orqali xabar berdi.
Oyning eng yaxshi futbolchisi sovriniga, shuningdek, "Mayns" hujumchisi Fillip Tits, "Bayer" himoyachisi Migel Gutyerres, "Frayburg" forvardi Igor Matanovich, "Shtutgart" himoyachisi Maksimilian Mittelshtedt va "Frayburg" yarim himoyachisi Yannik Engelxardt ham da’vogarlik qilgan.
Sentyabr oyida Olise Bundesligada uchta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fransiyalik futbolchi 2024 yil yozidan buyon Myunxen klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.













