Italiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni Millatlar ligasida Fransiyaga qarshi o‘yin arafasida jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Uchrashuv juma kuni Fransiya maydonida bo‘lib o‘tadi va Moskva vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
Fransiya terma jamoasining kuchli hujum chizig‘i haqida gapirar ekan, "Inter" himoyachisi 2025 yilgi Chempionlar ligasi finalida "PSJ"ga 0:5 hisobidagi yirik mag‘lubiyatni esladi.
"O‘sha o‘yin bilan bog‘liq har bir xotira men uchun hamon og‘riqli. Barchamiz o‘sha kuni voqealar qanday kechgani va qanday yakunlanganini yaxshi eslaymiz. Ehtimol, bu biz uchun eng yomon kecha edi. Endi faqat bu safar hammasi boshqacha bo‘lishiga umid qilish qoladi.
Usmon Dembele — ajoyib futbolchi, uning hujumdagi barcha sheriklari ham shunday. Ularni to‘xtatish uchun himoyamiz o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishi kerak", — dedi Bastoni matbuot anjumanida.
Millatlar ligasi guruh bosqichining ikki turidan so‘ng Italiya 3 ochko to‘plagan, Fransiya hisobida esa 6 ochko bor.













