Madridning «Real» klubi va Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoadoshi Kilian Mbappe haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Mbappe — dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U nafaqat ajoyib futbolchi, balki kamtarin, samimiy va halol inson hamdir.
Uning maydon tashqarisidagi insoniy fazilatlari futboldagi mahorati kabi yuksak», — deya Gyulerning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.













