Liberiyalik mashhur sobiq hujumchi Jorj Vea 60 yoshlik yubileyini nishonladi.
Uning futboldagi eng yorqin davri 1995 yilga to‘g‘ri keladi. O‘sha yilning o‘rtalarida Vea "PSJ"dan "Milan"ga ko‘chib o‘tgan.
Yil yakunida u "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi va ushbu nufuzli sovringa sazovor bo‘lgan Afrikadan chiqqan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Biroq Veaning futboldan keyingi faoliyati ham katta e’tiborga sazovor bo‘ldi. U o‘z vatani Liberiya prezidenti etib saylanib, mamlakat siyosiy hayotida ham muhim o‘rin egalladi.
Jorj Vea Liberiya tarixidagi eng mashhur shaxslardan biri bo‘lib qolmoqda.













