Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Gonsalu Ramush Krishtianu Ronalduning jamoani tark etishi bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
Payshanba kuni portugaliyaliklar Millatlar ligasi doirasida 41 yoshli yulduzsiz Daniyani safarda 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Xabarlarga ko‘ra, "An-Nasr" hujumchisi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan kelishmovchilikka borgan va o‘yin arafasida Madridga uchib ketgan.
"Bu voqea bizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi. Biz har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istaymiz va bugun ham shunday qildik", — deya Ramushning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirdi.
Portugaliya terma jamoasi asosiy tarkibida Ronalduning o‘rnini egallagan "Milan" futbolchisi Daniyaga qarshi bahsda bir gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













