Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani haqida fikr bildirdi.
"Madridning "Real" klubida oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish — men uchun katta faxr", — deya Gyulerning so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.
Sentyabr oyida turkiyalik futbolchi Ispaniya chempionatida to‘rtta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Umuman olganda, Gyuler joriy mavsum La Ligada yettita o‘yinda bir gol urdi va uchta golli uzatma berdi.
Yetti turdan keyin "Real" 15 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "Barselona"dan olti ochko ortda qolmoqda.













