«Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Rio Ferdinand Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini mojaroli tarzda tark etganiga munosabat bildirdi.
«Krishtianu Ronalduga qadar Portugaliya qayerda edi? U umuman nimaga erishgan? Nafaqat turnirlarda g‘alaba qozonish, hatto ularga yo‘llanma olganmi? Meni asabiylashtiradigan jihat shuki, ko‘pchilik Ronalduga so‘nggi uch-to‘rt yildagi o‘yinlariga qarab baho bermoqda.
Holbuki, u o‘z yoshidagi futbolchi uchun hali ham hayratlanarli ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. Qaysi ligada o‘ynayotgani muhim emas — uning statistikasi hanuz ajablanarli.
Menimcha, ko‘pchilik ortga nazar tashlab, Ronaldu qanday o‘ynaganini ko‘rishi kerak. Uning «Yuventus», «Real» va «Manchester Yunayted»dagi o‘yinlariga qarang. Bu bir futbolchi faoliyatidagi uch xil karyeradek. Bir insondagi uchta buyuk karyera», — deya Ferdinandning so‘zlarini keltiradi The Touchline.













