Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi qarorgohini mojaroli tarzda tark etdi. Xabarlarga ko‘ra, yulduz hujumchi bosh murabbiy Jorje Jezush unga zaxira futbolchisi rolini belgilaganidan norozi bo‘lgan.
Krishtianu keyinchalik bu voqea haqida barcha haqiqatni aytib berishini va’da qildi.
Vaziyatga Ronalduning "Real"dagi sobiq jamoadoshi Marselo ham munosabat bildirdi. Braziliyalik futbolchi portugaliyalik yulduzni qo‘llab-quvvatladi.
Marselo ijtimoiy tarmoqda Ronaldu bilan futbol maydonida quchoqlashib turgan suratini joyladi.
"Nima ham dey olaman..." — deb yozdi Marselo va Ronalduning sahifasini belgiladi.
41 yoshli Krishtianu Ronaldu klub miqyosida "An-Nasr" sharafini himoya qilmoqda.













