Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Ronaldu xalqaro musobaqalardan 6 oyga chetlatilishi mumkin

Ronaldu xalqaro musobaqalardan 6 oyga chetlatilishi mumkin

Baho:
+2 | -

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inidagi vaqtida yirik mojaro markazida qoldi. Bosh murabbiy Jorje Jezush bilan kelishmovchilikdan so‘ng 41 yoshli hujumchi terma jamoa qarorgohini muddatidan oldin tark etdi. Buning uchun futbolchi bir oydan olti oygacha diskvalifikasiya qilinishi, shuningdek, jarimaga tortilishi mumkin.

Portugaliya futbol federasiyasi intizom reglamentiga ko‘ra, bunday qoidabuzarlik uchun jiddiy jazo choralari belgilangan. Rasmiy chaqiruvdan so‘ng uzrli sababsiz terma jamoa qarorgohini tark etgan yoki mashg‘ulot, uchrashuv hamda Portugaliya vakilligiga aloqador boshqa tadbirda qatnashmagan futbolchi bir oydan olti oygacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin.

Bundan tashqari, professional futbolchiga 5–10 hisob birligi miqdorida, ya’ni taxminan 500–1000 yevro jarima solinadi.

Reglamentning 160-moddasi 2-bandida futbolchining terma jamoa yig‘inida bo‘lmasligi yoki jamoa joylashuvini tark etishi reglamentga muvofiq avtomatik ravishda vaqtinchalik chetlatishga sabab bo‘lishi ham qayd etilgan.

Ronaldu esa terma jamoani tark etishiga sabab bo‘lgan holatlar haqida keyinchalik portugaliyaliklarga haqiqatni aytishini ma’lum qildi.

Futbolchining bayonoti uning qaroriga nima sabab bo‘lgani borasida savollarni yuzaga keltirdi.

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi vaziyat atrofidagi keskinlikni kamaytirishga urinib, hujumchi bilan kelishmovchilik yuzaga kelgani haqidagi taxminlarni rad etdi.

“Oramizda muammo yuzaga kelgandek ko‘rinishi mumkin, ammo hech qanday muammo yo‘q. Qarorlarni aynan men qabul qilaman va buni hamma biladi”, dedi Jezush.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tark etganidan so‘ng 7-raqamli libos “Galatasaray” hujumchisi Rafael Leauga topshirildi.

Ma’lumot uchun, 41 yoshli Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi — 234 ta uchrashuv va 146 ta gol. Ronaldu 2016 yilgi Yevropa chempionati hamda 2019 va 2025 yillardagi Millatlar Ligasi turnirlarida Portugaliya terma jamoasiga sardorlik qilib, jamoa bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:40, 02.10.2026.
O'qildi: 1579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик