Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Liverpul» 17 yoshli meksikalik iqtidor uchun asosiy da’vogar

«Liverpul» 17 yoshli meksikalik iqtidor uchun asosiy da’vogar

Baho:
+ | -

Meksikaning «Tixuana» klubi hujumkor yarim himoyachisi Xilberto Mora faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, 17 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar «Liverpul» hisoblanadi. Mersisaydliklar allaqachon iste’dodli meksikalikning vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqqan.

Manbaning xabar berishicha, transfer qiymati 20–25 million yevroni tashkil etishi mumkin. Agar kelishuv amalga oshsa, bu Meksika chempionati tarixidagi rekord transferga aylanadi.

Shu bilan birga, yarim himoyachiga Yevropaning boshqa grand klublari ham qiziqish bildirmoqda. Ular orasida «Arsenal», «Manchester Siti», «Chelsi», «Manchester Yunayted», «PSJ», «Bavariya» va yana bir qator mashhur klublar bor.

Mora joriy mavsumda chempionatning yettita uchrashuvida maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:09, 02.10.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик