«Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi, ayni paytda erkin agent maqomida bo‘lgan Riyod Mahrez o‘ziga yangi klub tanladi.
Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilishicha, 35 yoshli jazoirlik futbolchi faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradi. Maxrezning yangi klubi «Ash-SHamal» bo‘ladi.
Riyodning so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» jamoasi edi. U ushbu klub sharafini 2023 yildan 2026 yilgacha himoya qildi.
O‘tgan mavsumda hujumkor yarim himoyachi 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Marez «Manchester Siti»dan tashqari Yevropada «Gavr» va «Lester» klublarida ham to‘p surgan.













