Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Fermin Lopes 2026 yilgi «Oltin to‘p» kimga berilishi kerakligi haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, «Oltin to‘p» sohibi Lamin Yamal bo‘lishi kerak», — deya Ferminning so‘zlarini insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tadi.
2025/2026 yilgi mavsumda Yamal «Barselona» bilan La Liga chempioni bo‘ldi. Shuningdek, 19 yoshli vinger Ispaniya terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Mundial finalida Ispaniya terma jamoasi Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.













