Ayni paytda Millatlar ligasining joriy mavsumida o‘tkazgan uchta o‘yinining barchasida mag‘lub bo‘lgan yagona jamoa Serbiya terma jamoasi bo‘lib turibdi.
Serblar hozirga qadar biror marta ham mag‘lubiyatdan qochib qutula olmadi. Jamoa payshanba kuni Germaniyaga 0:2 hisobida yutqazdi. 27 sentyabr kuni Niderlandiyaga 1:2, 24 sentyabrda esa Gresiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Velko Paunovich boshchiligidagi Serbiya terma jamoasi 4 oktyabr kuni yana Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi.
Millatlar ligasida Turkiya, Chexiya, Shimoliy Makedoniya, Ruminiya va San-Marino terma jamoalari ham hozircha birorta ochko jamg‘armagan. Biroq ushbu jamoalarning har biri hali ikkitadan o‘yin o‘tkazgan.













