«RB Leypsig» himoyachisi va sardori David Raum kelasi qishda Germaniya Bundesligasidan Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, «Manchester Yunayted» 30 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishini qayta tiklagan. Raumning o‘zi ham «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tishga qiziqish bildirmoqda.
Germaniya klubi futbolchini yozda tekinga yo‘qotib qo‘ymaslik uchun uni yanvar oyidagi transferlar oynasida sotishi mumkin.
David Raum 2022 yil iyul oyidan buyon «RB Leypsig» sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.
Qanot himoyachisining transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.













