Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Chelsi» «Yuventus» hujumchisini sotib olmoqchi

«Chelsi» «Yuventus» hujumchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Kerim Alaybegovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

19 yoshli bosniyalik futbolchining transferiga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda. «Ko‘klar» Alaybegovichni yozgi transferlar oynasida o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin.

Hujumchining bozor qiymati 32 million yevroga baholanmoqda. Uning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Alaybegovich joriy mavsum Italiya chempionatida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo hali gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi.

Kiritildi: 13:12, 02.10.2026.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик