Londonning «Chelsi» klubi vingeri Estevao Villian ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganidan keyin yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishda qiyinchilikka duch kelmoqda.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, shunga qaramay, braziliyalik futbolchi Angliya klubini tark etishni rejalashtirmayapti. Estevao joriy mavsumda o‘z imkoniyatini sabr bilan kutish niyatida.
19 yoshli braziliyalik joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo hali gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi.
Vingerning «Chelsi» bilan shartnomasi 2033 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi. Futbolchining bozor qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.













