Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Pulishich «Milan» bilan 2031 yilgacha shartnoma tuzishga yaqin

Pulishich «Milan» bilan 2031 yilgacha shartnoma tuzishga yaqin

Baho:
+ | -

Amerikalik yarim himoyachi Kristian Pulishich «Milan» rahbariyati bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, tomonlar yangi uzoq muddatli kelishuv bo‘yicha bitimga yaqin turibdi. Yangi shartnoma 2031 yilga qadar mo‘ljallanadi.

Pulishich 2023 yil yozidan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsum A Seriyada 28 yoshli amerikalik futbolchi ikkita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:36, 02.10.2026.
O'qildi: 543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик