Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Manchester Siti» himoyachisi «Barselona»ga rad javobini berdi

«Manchester Siti» himoyachisi «Barselona»ga rad javobini berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning qanot himoyachisi Yoshko Gvardiol «Barselona» qiziqish doirasida bo‘lgan.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 2025 yil oxirida «Barselona» Gvardiolni sotib olishni istagan. Kataloniya klubi uni himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun ideal nomzod deb hisoblagan.

Biroq transfer amalga oshmagan, chunki «Manchester Siti» asosiy tarkib futbolchisini sotishni istamagan, xorvatiyalik himoyachining o‘zi ham klubni tark etishga intilmagan.

O‘tgan yozda Gvardiol «Manchester Siti» bilan shartnomasini 2031 yilga qadar uzaytirdi.

Joriy mavsumda 24 yoshli himoyachi barcha musobaqalar doirasida yettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt mutaxassislari Gvardiolning bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:40, 02.10.2026.
O'qildi: 1310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик