«Real» hujumchisi Karlos Espi Ispaniya yoshlar terma jamoasi safidagi uchrashuvda 6 ta golli harakat qayd etdi.
Ispaniya U-21 terma jamoasi Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida safarda San-Marinoni 13:0 hisobida tor-mor qildi.
21 yoshli Espi 52, 58, 62 va 74-daqiqalarda to‘rtta gol urdi, shuningdek, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Ispaniya 9 ta uchrashuvdan keyin 24 ochko to‘plab, «A» guruhida peshqadamlik qilmoqda. San-Marino esa 0 ochko va 0:55 to‘plar nisbati bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Karlos Espi yozda «Real»ga o‘tganidan so‘ng La Ligada to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi.













