Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Reynders Gresiya bilan o‘yindan keyin Niderlandiya muammolarini aytdi

Reynders Gresiya bilan o‘yindan keyin Niderlandiya muammolarini aytdi

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Tijani Reynders UYEFA Millatlar ligasida Gresiyaga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

«Durangni faqat iroda evaziga qutqarib qoldik. Birinchi o‘tkazib yuborilgan gol muloqotdagi xato natijasi bo‘ldi, ikkinchisi esa sof omadsizlik edi. Niderlandiya to‘p bilan ehtiyotsiz harakat qildi va to‘g‘ri yechimni topa olmadi. Ikkinchi bo‘limda vaziyatni to‘g‘riladik va uchta «o‘nlik» bilan o‘ynashga o‘tdik», — deya Reyndersning so‘zlarini UYEFA rasmiy sayti keltirdi.

Gresiya 7 ochko bilan ikkinchi guruhda peshqadamlik qilmoqda. Niderlandiya esa 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Navbatdagi turda Gresiya o‘z maydonida Germaniyani qabul qiladi, Niderlandiya esa Serbiyaga qarshi o‘ynaydi. Har ikki uchrashuv 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:46, 02.10.2026.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик