Niderlandiya terma jamoasi sardori Virjil van Deyk UEFA Millatlar ligasida Gresiyaga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Ikki bo‘lim bir-biridan keskin farq qildi. Birinchi bo‘limda raqib bizdan ustun o‘ynadi. Bu — yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat. Biz raqibga, ayniqsa, yakkakurashlarda yutqazdik. Bunday bo‘lishi mumkin emas», — deya van Deykning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.













