Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Aichi-Nagoya-2026, taekvondo. Jasurbek Jaysunov — O‘zbekistonga 20-oltin medalni taqdim etdi!

Aichi-Nagoya-2026, taekvondo. Jasurbek Jaysunov — O‘zbekistonga 20-oltin medalni taqdim etdi!

Baho:
+ | -

Aichi-Nagoya-2026 XX Osiyo o‘yinlarining ilk kunida taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ikkinchi medaliga ega chiqdi.

Erkaklar o‘rtasidagi -80 kg vazn toifasidagi vakilimiz Jasurbek Jaysunov o‘zining ishonchli chiqishi orqali musobaqaning final bosqichiga qadar yetib keldi.

Hal qiluvchi jangda Jasurga xitoy taypeyilik Xung Jiun-Yi raqiblik qildi. Birinchi bo‘limda 2-2 hisobi qayd etildi va faollik evaziga ochko hamyurtimizga berildi.

Jaysunov ikkinchi raundda g‘alabaga eqin edi, ammo raqib tomonida so‘nggi soniyada berilgan zarba evaziga bo‘limlar bo‘yicha hisob tenglashib qoldi.

Uchinchi bo‘lim Xung hisobda oldinda bordi. Raund tugashiga 15-20 soniya qolganida Jasurbek hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, so‘nggi soniyalardagi zarba evaziga g‘alabani ilib ketdi! Oltin medal!

Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar soni 65 taga yetdi — 20 ta oltin, 23 ta kumush va 22 ta bronza.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:28, 02.10.2026.
O'qildi: 1590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик