«Benfika»ning universal himoyachisi Tomas Arauxoga Angliya klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli futbolchiga «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub vakillari Yevropa ligasida «Benfika»ning «Milan»ga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvini stadiondan kuzatgan.
Arauxo aynan shu bahsda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatib, o‘ziga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirgan. Shuningdek, futbolchini «Tottenxem», «Nyukasl» va «Brayton» ham kuzatib bormoqda. Biroq qishki transfer oynasida uning boshqa klubga o‘tishi ehtimoli past baholanmoqda.
Himoyachi avvalroq «Benfika» bilan shartnomasini 2031 yilga qadar uzaytirgan. Yangi kelishuvda uning tovon puli 80 million yevro etib belgilangan.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













