Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Arsenal» Vandersonni jiddiy kuzatishni boshladi

«Arsenal» Vandersonni jiddiy kuzatishni boshladi

Baho:
+ | -

«Monako»ning qanot himoyachisi Vanderson Londonning «Arsenal» klubi qiziqishlari doirasiga kirgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «kanonirlar» braziliyalik futbolchini kuzatishda davom etmoqda, ammo uning ehtimoliy transferi bo‘yicha hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan. So‘nggi haftalarda Angliya grandi futbolchining o‘yinini diqqat bilan kuzatib, uning imkoniyatlarini baholamoqda.

Vanderson 2026/27 yilgi mavsumda Fransiya chempionati va Konferensiyalar ligasi doirasida jami yettita uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

25 yoshli futbolchining «Monako» bilan shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, himoyachining transfer qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:40, 02.10.2026.
O'qildi: 675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик