Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Van Deykni Italiya grandi qo‘lga kiritmoqchi

Van Deykni Italiya grandi qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

«Liverpul» markaziy himoyachisi Virjil van Deykning shartnomasi yakunlanib borayotgani fonida unga boshqa klublar tomonidan qiziqish tobora ortib bormoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, «Yuventus» vakili Niderlandiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurib, van Deykning hozirgi holatini baholagan.

Turin klubi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda, biroq ular uchun eng muhim omil — himoyachining jismoniy holati. Shu bilan birga, hozircha tomonlar o‘rtasida hech qanday muzokara bo‘lmagani ta’kidlanmoqda.

Van Deyk joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida oltita o‘yinda maydonga tushdi va golli harakat bilan ajralib turmadi.

Niderlandiyalik futbolchining «Liverpul» bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 15 million yevro deb baholamoqda.

Kiritildi: 16:54, 02.10.2026.
O'qildi: 879 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик