Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Fabian Xyurseler APLda sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

Fabian Xyurseler APLda sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi. Mukofot «Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurselerga nasib etdi. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tgan oyda «Brayton» Angliya chempionati doirasida uchta o‘yin o‘tkazdi. Jamoa «Lids» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi, keyin esa «Koventri»ni 5:0 va «Arsenal»ni 3:0 hisobida yirik hisobda mag‘lub etdi.

Fabian Xyurseler Premyer-ligada ikkinchi marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Mutaxassis bu sovrinni ilk bor 2024 yil avgust oyi yakunlariga ko‘ra qo‘lga kiritgan edi.

«Brayton» beshta turdan so‘ng Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 10 oktyabr kuni «Sanderlend»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:18, 02.10.2026.
O'qildi: 511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик