Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Skott Maktominay kelasi yozda «Napoli»ni tark etishi mumkin

Skott Maktominay kelasi yozda «Napoli»ni tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

«Napoli» yarim himoyachisi Skott Maktominay kelasi yozda klubni tark etishi mumkin. Bu haqda TuttoMercatoWeb xabar berdi.

30 yoshli shotlandiyalik futbolchining «Napoli» bilan shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi. Agar tomonlar kelishuvni uzaytirish borasida bir to‘xtamga kela olmasa, futbolchi sotilishi yoki keyinchalik erkin agent sifatida klubni tark etishi mumkin.

Maktominay yiliga taxminan 8 million yevro maosh olishni istamoqda. Bu miqdor «Napoli» prezidenti Aurelio de Laurentis taklif qilishga tayyor bo‘lgan maoshdan yuqori. Shu sababli shartnomani uzaytirish ehtimoli past baholanmoqda.

«Napoli» yarim himoyachini 25–30 million yevroga baholamoqda. O‘tgan yozda unga «Manchester Yunayted» va «Aston Villa» qiziqish bildirgan edi.

Ayni paytda Maktominay yuragida o‘tkazilgan kichik jarrohlik amaliyotidan so‘ng tiklanmoqda. Futbolchi asta-sekin mashg‘ulotlarga qaytmoqda.

Kiritildi: 17:19, 02.10.2026.
O'qildi: 584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик