Ispaniya terma jamoasi va Londonning «Tottenxem» klubi qanot himoyachisi Pedro Porro jamoaning 2026/2027 yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagani sababli klubni tark etishi mumkin. Agar vaziyat yaxshilanmasa, futbolchi boshqa variantlarni ko‘rib chiqadi.
Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli himoyachi «Barselona»dan taklif olsa, Kataloniya klubiga o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Porroning «Tottenxem» bilan shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.
Himoyachi joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida uchta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.













